AI coding agent

Oddiy AI suhbatga (ChatGPT) "sahifa uchun kod yoz" desangiz, u ekranga kod matnini chiqaradi - qolganini (faylga joylash, ishga tushirish) siz qilishingiz kerak. AI coding agent esa Terminal ichida ishlaydi va aytilgan vazifani o'zi bajaradi: haqiqiy faylni yaratadi, tahrirlaydi, xato chiqsa tuzatadi. Dasturchi bo'lish shart emas - vazifani oddiy so'z bilan tasvirlash yetarli.