Deep Research
Oddiy AI suhbat savolga o'zining oldindan o'qitilgan bilimidan javob beradi - havola bermaydi va bu bilim yangilanmagan. Perplexity yoki ChatGPT/Gemini/Claude'dagi Deep Research rejimi esa internetni qidiradi, bir necha manbani o'qiydi va har bir da'voga havola qo'shadi. Shunday bo'lsa-da, har bir havolani ochib, sanasi va manba turini tekshirish shart - bu natija ham boshlanish nuqtasi, yakuniy haqiqat emas.