Deploy

Yaratilgan veb-sahifa dastlab faqat sizning qattiq diskingizda "yashaydi" - uni ko'rish uchun sizning kompyuteringizga kirish kerak. Deploy qilingandan keyin u internetda o'z manziliga (URL) ega bo'ladi va uni istalgan odam istalgan qurilmadan ochishi mumkin. Zamonaviy AI kodlash agentlari bu jarayonni ko'p hollarda o'zlari avtomatlashtiradi, faqat nashrdan oldin parol yoki shaxsiy ma'lumot qolib ketmaganini tekshirish kerak.