LLM

LLM ("katta til modeli" degan inglizcha atamaning qisqarmasi) - ChatGPT, Claude yoki Gemini kabi vositalarning texnik nomi. U bilim bazasidan qidirmaydi, balki minglab matnni o'qib, "bunday holatda odatda qanday javob keladi" degan ehtimollik asosida so'zma-so'z javob yozadi. Shuning uchun ko'pincha to'g'ri, lekin ba'zan ishonchli ohangda xato ham qilib qo'yishi mumkin.