System prompt

Odatdagi promptni siz yozasiz va ko'rasiz. System prompt esa dastur ichida oldindan yozilgan bo'lib, AI ning rolini, chegaralarini va umumiy uslubini butun suhbat davomida belgilaydi - foydalanuvchi uni odatda ko'rmaydi. Masalan bir kompaniyaning yordamchi-boti "faqat shu kompaniya mahsulotlari haqida javob ber" degan system promptga ega bo'lishi mumkin.